So’nggi yangiliklar

10:23Эдди Хирн Теремоанани Итаумага рақобатчи сифатида кўрмоқда 0 09:57"Реал" афсоналари "Барселона" юлдузларини мағлуб этди 0 09:29Усман Нурмагомедов тез орада PFL'дан кетади — манба 0 08:57Самира Исмоилова U23 ёш тоифасида Осиё чемпионатига айланди 0 08:30Қўл жанги бўйича Ўзбекистон чемпионатининг финал баҳсларига старт берилди 0 19:48Элдор Шомуродов Туркия Суперлигаси 21-тур рамзий жамоасидан жой олди 0 19:20Бокс бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Москвада йиғин ўтказади 0 18:56UFC: Рамазон Темиров ва Богдан Гусковнинг вазнларидаги рейтингда ўзгаришлар бўлди 0 18:27Тоғ чанғичиси Бризи Жонсон қишки Олимпиададаги олтин медали синиб қолганини маълум қилди (ВИДЕО) 0 18:05А Серия топ-клуби юлдуз ўйинчи билан янги шартнома бўйича музокараларни бошлади 0 17:41"Усик буюк эмас. Уни нокаут қилган бўлардим" - собиқ жаҳон чемпиони 0 17:18Кроуфорд нега боксга қайтмаслигини айтди ва Муҳаммад Алини мисол қилиб келтирди 0 16:40Дэвид Бенавидес Биволга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 16:16Ҳоланд "Энфилд"да илк бор гол урди. У АПЛда ўйнаган 24 та стадионидан 23 тасида гол уришга муваффақ бўлган 0 15:39Уайлдер: "Агар Жошуа ҳали ҳам ишда бўлса, йўлларимиз албатта кесишади" 0

16 okt 15:24
Yangiliklar

Futbol

Xirosimadagi chempionlikka 30 yil to'ldi yoxud Bishovec va Lobanovskiy nimalar degan edi? Futbolchilar qancha mukofot puli olishgan?

Teglar :  Xirosima-1994
Bundan roppa-rosa 30 yil avval Yaponiyaning Xirosima shahri mezbonligida Osiyo o'yinlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh sovrinni boshi uzra baland ko'targan edi.

Katta yoshli futbol muxlislarning va xalqimizning yodida bu kun o'chmas iz qoldirgan desak mubolag'a bo'lmaydi. CHindan ham mazkur turnirda debyutant sifatida ishtirok etayotgan terma jamoamiz azolari haqiqiy iroda va matonat ko'rsatishgan. Ayniqsa, o'sha paytda muntazam ravishda mundiallarda ishtirok etib kelgan Saudiya darvozasiga urilgan to'rtta gol (4:1) mahalliy ishqiboz va jurnalistlarning etiborini tortib ulguradi. Hali mustaqil bo'lganiga va FIFAga kirganiga ko'p bo'lmagan jamoaning musobaqani bunday yurish bilan boshlashi haqiqatdan ham kutilmagan hodisa sifatida tilga olinadi. 

Navbatdagi Malayziya bilan o'yinni ko'rgani OFK bosh kotibi Dito Vellopan ham paydo bo'lgani ko'p narsani anglatardi. Malayziya to'sig'idan o'tib olgan vakillarimiz guruh bosqichining qolgan o'yinlarida Gonkgong (1:0), Tailand(5:4)dan ustun kelishadi. CHorak finalda esa qo'shnilar Turkmaniston mag'lub etiladi (3:0). Yarim finalda Yuriy SHeykinning to'p yo'lig'a g'ov bo'lishi, himoyachilarning ishonchli harakatlari, Azamat Abduraimovning bitta zarbasi va goli bizga 1:0 hisobidagi g'alabani tortiq qilgandi. Terma jamoamizning avvalgi uchrashuviga 25000 tomoshabin kelgan bo'lsa, Koreya bilan o'yinni 40000 muxlis bevosita stadiondan kuzatib borgani bu o'yinga etibor kuchli bo'lganidan dalolat beradi.



Ushbu tarixiy o'yinni marhum Rustam Akramov quyidagicha eslagandi:
"Nihoyatda hayajonli o'yin bizga muhim g'alaba keltirganidanmi yoki yigitlarimizning o'ziga xos jang maydonida qahramonlik va mardlik ko'rsatganlaridanmi, bilmadim, har holda kechasi bilan uhlay olmadim. Tonggi soat beshlarda mehmonhona ro'parasidagi bog'da sayr qila boshladim. Bir vaqt ro'paramdan Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Anatoliy Bishovec kelyapti. Uning kechqurun ko'karib ketgan yuzi hali ham o'ziga kelgani yo'q. U yonimga keldi va qo'l siqib tabriklab tezda xonasi tomon yurib ketdi. SHu lahzalarda unga achinib ketdim. Koreya bilan o'yinda Birodar Hasanovich bilan tanlagan yo'limiz to'g'ri bo'lib chiqdi. Futbolchilarimiz bizni uyaltirishmagani xursand qildi". Final uchrashuvidan oldin mashhur mutaxassis, Quvayt terma jamoasi ustozi Valeriy Lobanovskiy "Sizlar Koreyani dog'da qoldirdinglar, finalda Xitoyni bemalol yutishingiz mumkin",- deb bashorat qilgan edi.

Hal qiluvchi pallada Lobanovskiyning taxminlari to'g'ri chiqdi. CHin yurti vakillarini 4:2 hisobida yutgan hamyurtlarimiz o'zlari qatnashgan ilk musobaqada zafar quchishgandi. O'shanda vatanamiz bayrog'ini SHuhrat Maqsudov maydon uzra hilpiratgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Musobaqa yakunida Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Yuriy SHeykinga maxsus sovrinlar topshirildi. Aynan shu turnirdan keyin malum muddat o'tgach Sergey Lebedev Jahon terma jamoasiga taklif etilgani, ko'plab futbolchilarimizga bir qator xorijning kuchli jamoalaridan takliflar tushgani diqqatga sazovordir. Afsuski, bugun g'alabaga munosib hissa qo'shgan bosh murabbiy Rustam Akramov, futbolchilar Ulug'bek Ro'zimov va Yuriy SHeykin oramizda yo'q.



Milliy terma jamoamizni bosh murabbiy sifatida musobaqaga olib borgan Rustam Akramov keyingi intervyularida yana shunday degan edi:

"1992 yil milliy jamoani qabul qilib olgan vaqtimda mutasaddilardan uch yil muddat, yani birinchi yirik musobaqa yakuniga qadar vaqt so'raganman. Buning uchun uch yilga mo'ljallangan dastur ishlab chiqqanman. Men bu dasturni to'liqligicha amalga oshirdim deb ayta olaman: shogirdlarim 1994 yil aprel oyida "Toshkent turniri", sentyabrda Mustaqillik kubogi va oktyabrda esa Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lishdi".

Manbaga ko'ra Xirosimadagi g'oliblikdan keyin terma jamoaning barcha azolariga vada qilingan Tiko avtomobilidan besh donasi berilgan va qolganlarga 1,5 ming dollar atrofida mukofot puli va faxriy yorqliqlar taqdim qilingan.

Osiyo o'yinlari g'oliblarini yana bir bor eslatib o'tamiz:
Yuriy SHeykin, Berdah Allaniyozov, Aleksandr Tixonov, Abduqahhor Marufaliev, Andrey Fyodorov, Ulug'bek Ro'zimov, Abdusamad Do'rmonov, Farhod Magometov, Rustam Do'rmonov, Fevzi Davletov, Stepan Atoyan, Ilhom SHaripov, Mirjalol Qosimov, Sergey Lebedev, Azamat Abduraimov, Igor SHkvirin, SHuhrat Maqsudov.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing