22 mar 10:01
Yangiliklar
Xitoy futbol associaciyasining sobiq vice-prezidenti 17 yilga qamaldi
Xitoy futbol associaciyasi raisi o'rinbosari bo'lib ishlagan sobiq amaldor Van Dengfeng ko'p miqdorda pora olish va korrupciya sodir etganlikda aylanib, 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
SHuningdek, u 5 million yuan (taxminan 700 ming AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortildi. Bundan tashqari, uning pora sifatida olgan yoki nohaq orttirgan barcha noqonuniy daromadlari va foizlari musodara qilinib, davlat g'aznasiga qaytariladi.
Sud qaroriga ko'ra, u 2016 yil iyun oyidan 2022 yil avgustigacha Talim vazirligi Jismoniy tarbiya, gigiena va sanat talimi boshqarmasi raisi lavozimidan foydalanib, umumiy qiymati 46,7 million yuan (taxminan 6,5 million AQSH dollari) miqdoridagi davlat mulkini noqonuniy ravishda o'zlashtirgani aniqlangan.
Avvalroq associaciyaning sobiq raisi CHen Syuyan sudda 11 million AQSH dollaridan ko'proq mablag'ni o'zlashtirganini tan olgandi.
Fikrlar