27 apr 22:04
Yangiliklar

Xitoydagi "Brilliant liga"da Anvar Anvarov ham ishtirok etdi
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi uzunlikka sakrash dasturida O'zbekiston terma jamoasi azosi Anvar Anvarov ham ishtirok etdi.
U dastlabki chiqishida 7,87 m natija qayd etdi. Keyingi ikki urinishi esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi. SHu tariqa, hamyurtimiz ushbu bosqichda o'n nafar sportchi orasida so'nggi natijani qayd etdi. SHunday bo'lsa-da, bu Anvar uchun joriy mavsumdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Endi 24 yashar Anvar Anvarov 3 may kuni SHanxay shahrida (Xitoy) bo'lib o'tadigan "Brilliant liga"ning ikkinchi bosqichida g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Dastur doirasida besh nafar sportchi sakkiz metrlik masofani bosib o'tdi. 8,18 m natija bilan xitoylik amaldagi Osiyo chempioni Minkum CHjan g'alaba qozondi. Ikkinchi o'rinni 8,15 m ga sakragan avstraliyalik Liam Adkok egallagan bo'lsa, bronza medali amerikalik Markiz Dendiga nasib etdi (8,10).
To'liq natijalar:
Fikrlar