26 jan 14:45
Yangiliklar
Tennis
Xitoylik tennischi Australian Open finalchisi!
Melburn shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi bahslarida finalchilar aniqlandi.
Dunyoning 15-raketkasi bo'lib turgan CHjen Cinven ikkinchi finalchiga aylandi. Birinchi yarim final juftligida Arina Sobolenko g'alaba qozongandi. Xitoylik tennischi WTA reytingida 93-pog'onada borayotgan ukrainalik Dayana Yastremskayani 6/4, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda CHjen Cinven 4, Yastremskaya 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Dayanada ko'proq bo'ldi - 5 ga 3 ko'rinishda. Xitoylik 21 yoshli tennischi faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg'a" turnirida finalida o'ynaydi. Uning raqibasi musobaqaning amaldagi chempioni Arina Sobolenko bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar