19 noy 15:12
Yangiliklar
Xolandning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi
Norvegiyalik futbolchi "Liverpul"ga qarshi o'ynay oladi. U termasi safida Farer orollariga qarshi o'yinda oyog'ini jarohatlab olgandi. SHu sababli u bugun bo'lib o'tadigan SHotlandiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, Xolandning jarohati jiddiy bo'lib chiqmagan. U 25 noyabr kuni APLning 13-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'ynay olishi kutilmoqda.
Jarohatini jiddiylashtirib yubormaslik maqsadida futbolchi bugungi bahsda qatnashmaydi. Yaqin vaqtlar ichida u "Manchester Siti" qarorgohiga qaytadi va odatiy tartibda ishlashda davom etadi. Norvegiya termasi Evro-2024ga chiqish imkoniyatlaridan mahrum bo'lgan.
Xoland ushbu mavsum "Manchester Siti" tarkibida barcha turnirlarda 18 ta o'yinda qatnashib, 17 gol va 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar