07 dek 13:15
Yangiliklar
Xolifild, Barrera va Tapia shon-shuhrat Zaliga qabul qilinadi
Unga ko'ra, boks afsonalari Evander Xolifild, Marko Antonio Barrera va Jonni Tapia (o'limdan so'ng) xalqaro boks shon-shuhrati Zaliga qabul qilinadi.
54 yoshni qarshilagan amerikalik Evander Xolifildning o'z vaqtida Mayk Tayson va Lennoks Lyuisga qarshi o'tkazgan superjanglari boks klassikasining durdona janglari qatoriga kiritilgan.
Meksika boksining afsonasi bo'lgan Barrera ham o'z vaqtida ajoyib janglarni o'tkazgan. Aynan u Nasim Xamedga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan. Uning Erik Morales, Menni Pakkyao, Xuan Manuel Markes va Jonni Tapiaga qarshi o'tkazgan janglari ham muxlislar yodida qolgan.
2012 yili o'z uyida o'lik holatda topilgan Jonni Tapia ham boks afsonalari jam bo'lgan shon-shuhrati muzeyidan joy oladi. Rasmiy marosim 2017-yilning 11 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar