19 sen 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Xolifild Joshua - Usik jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi
Sobiq jahon chempioni Evander Xolifild Usik va Joshua jangi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu Joshua uchun qiyin jang bo'ladi. Usik oldin birinchi og'ir vaznda jang qilgan, endi esa superog'ir vazn toifasiga o'tdi. Usik yaxshi bokschiga qarshi jang qiladi.
Bu qiyin bo'ladi, shubhasiz. Ammo bilasizmi? Qachonlardir men bu ishni qilganman, xeviveytga o'tish o'xshagan, ishonamanki Usik ham buni eplay oladi.
Aniq bashorat qila olmayman. Bu jangda eng muhimi - ishonch. Agar sen barchasini to'g'ri qilsang, albatta g'alaba qozonasan", - dedi Xolifild.
Eslatib o'tamiz, Usik - Joshua jangi 25 sentyabr kuni Londondagi "Tottenxem" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar