11 sen 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Xolifild va Belfort jangi ko'rgazmali jang maqomini olishi mumkin
Ikki afsona o'rtasidagi qarama-qarshilik rasmiy jang bo'lmasligi mumkin.
12 sentyabr kuni erta tongda bokschi Evander Xolifild va sobiq UFC chempioni Vitor Belfort o'rtasidagi jang o'tkaziladi. ESPN nashrining xabar berishicha, ushbu jang ko'rgazmali qarama-qarshilik sifatida o'tkazilishi mumkin va natija jangchilar rekordiga tasir qilmaydi. Avvalroq, ushbu jang rasmiy maqomda o'tkazilishi malum qilingandi. Ammo, o'sha vaqtda jangda UFC afsonasi emas, Oskar De La Xoyya qatnashishi hisobga olingandi.
Florida Atletik qo'mitasi jangning rasmiy ko'rinishda bo'lishiga ruxsat bergan. Oxirgi qaror jangchilarning o'zlariga bog'liq bo'ladi. Manbaning takidlashicha, Evander Xolifild aynan ko'rgazmali jang tarafdori hisoblanadi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar