01 mar 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolmurod Nurmatov ACA 184 turnirida jang qildi
Kecha Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahridagi Irina Viner-Usmanova Gymnastics Palace majmuasida ACA 184 turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqa doirasida hamyurtimiz Xolmurod Nurmatov ham oktagonga ko'tarildi. Ushbu bahsda Nurmatovga rossiyalik Imran Bukaev raqib bo'ldi.
Jang to'liq uch raund davom etdi va unda afsuski Nurmatov ochkolar evaziga imkoniyatni boy berib qo'ydi (28-29, 27-30, 27-30).
SHu tariqa, Nurmatovning mag'lubiyatlari soni 8 taga etdi. U shuningdek 14 ta jangda g'alaba qozongan va 1 ta durang qayd etgan. 28 yoshli Imran Bukaevda esa g'alabalar soni 17 taga etdi. Mag'lubiyatlar esa 4 taligicha qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar