So’nggi yangiliklar

21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0 15:55"Ал Ҳилол" навбатдаги ТОП трансфер бўйича келишувга эришди 0 15:21UFC 330 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Ислам рўйхатда борми? 0 14:52Ислам Махачев битта кўрсаткич бўйича Хабиб Нурмагомедовга етиб олди 0 14:15Тахмина Икромова халқа, қизларимиз эса гуруҳ машқининг финалида иштирок этади 0

19 avg 11:14
Yangiliklar

Boshqalar

Xonobodda Bahodirlar o'yini bo'yicha Jahon Kubogi bo'lib o'tdi

Andijon viloyatining so'lim Xonobod shahrida bir vaqtning o'zida ikki musobaqa - Bahodirlar o'yini bo'yicha Jahon Kubogi hamda Andijon viloyati hokimi sovrini uchun xalqaro turnir tashkil etildi.

Ushbu nufuzli musobaqalarda dunyoning 26 davlatidan polvonlar sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bordi. Bellashuvlar 95, 105, 125 va +125 kg vazn toifalarida o'tkazildi. 95 kg vaznda terma jamoamiz azosi Nuriddin Ergashev chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Hamyurtimiz SHerzod Rajabov kumush, qozog'istonlik Mirzatay Baglan bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

105 kg vaznli polvonlar bahsida terma jamoamizning yana bir azosi SHodilbek Ergashev chempion bo'ldi. Elyor Hamidov kumush, belaruslik Vlad Ilishshen bronza medali bilan taqdirlandi. 

125 kg vaznda rossiyalik David SHamey oltin medalga ega chiqdi. Dilmurod Qurbonov kumush, hindistonlik Krishna Salax bronza medalini qo'lga kiritdi. Eng og'ir +125 vazn toifasida rus polvoni David SHamey mutlaq g'olib bo'ldi. Kumush medal polshalik Mark CHaykovskiy, bronza esa gruziyalik CHabuxa CHixadzega nasib etdi. 

G'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimida Andijon viloyati hokimi, Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha Osiyo federaciyasi prezidenti SHuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlangach, Osiyo Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator masalalar ko'rildi. Xususan, Ozodbek Saidov Osiyo Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi prezidentining bosh maslahatchisi etib saylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing