So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

29 noy 11:18
Yangiliklar

Boks/MMA

XOQ rahbari: AIBA bilan hozirgi holatda bokschilar jabr chekadi

Teglar :  BoksAIBABax
Ertaga Yaponiyaning Tokio shahrida Xalqaro olimpiya qo'mitasining yig'ilishi boshlanadi.

Ikki kunga mo'ljallangan yig'ilishda havaskor boksning Olimpiya o'yinlari dasturidan chiqarish, Xalqaro havaskor boks associaciyasi (AIBA)ning bugungi faoliyatiga bog'liq muhim masalalar muhokama qilinadi. 

Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) ilk bor AIBAga Braziliyada o'tgan Rio-2016 Olimpiadasidagi noxolis hakamlikdan so'ng jiddiy etiroz bildirgandi. O'shanda XOQ AIBA oldiga xolis hakamlikni yo'lga qo'yish, tashkilotning moliyaviy holatini yaxshilash, dopingga qarshi kurashish kabi talablarni qo'ygan edi. 

Yaqinda esa XOQ prezidenti Tomas Bax AIBAga G'ofur Rahimovning prezidenti etib tayinlanganidan havotirga tushayotganini yashirmagandi. Ikki kunlik yig'ilishda AIBAning yangi hisoboti ko'rib chiqiladi va shundan so'ng boksning Olimpiada dasturida bo'lish yoki chiqarilish masalasiga oydinlik kiritiladi. 

- Biz sportchilarni ayrim rahbarlarning qing'ir ishlari uchun jazolamoqchi emasmiz. Imkon qadar bokschilarning Olimpiya o'yinlaridan chetda qolmasliklari uchun harakat qilamiz, - dedi Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax. 

Eslatib o'tamiz, shu yilning 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida o'tkazilgan Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasining hisobot-saylov yig'ilishida o'zbekistonlik G'ofur Rahimov AIBAning yangi prezidenti etib saylangandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing