02 dek 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

XOQ rahbari boks “Olimpiada-2020”da bo'ladimi degan savolga javob berdi
Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax boksning Tokio-2020 Olimpiadasi dasturida bo'lish yoki bo'lmasligiga oydinlik kiritdi.
U bu haqda berilgan savolga Tokio shahrida o'tgan tashkilotning Ijroqo'm yig'ilishidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida javob berdi.
“Biz boks turnirining Tokio Olimpiadasi dasturida bo'lishini xohlaymiz va buning uchu bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Butun dunyo bokschilari, bundan havotir olmanglar”, - dedi Bax.
Eslatib o'tamiz, ikki kun avval Xalqaro olimpiya qo'mitasi Xalqaro havaskorlar boksi federaciyasining Olimpiada-2020 doirasidagi barcha rejalarini muzlatib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar