So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

06 apr 19:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Xorazmda boks bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi

Teglar :  Boks
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida boks bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi kalendar rejasiga binoan uyushtirilgan musobaqaning ochilish tantanalari bayramona tarzda o'tdi. Belgilangan vaqtda musiqa sadolari yangrab, jamoalar 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasi sovrindori Karim To'laganov boshchiligida chiqib kelishdi. Ular yonida musobaqa hakamlari ham saflanishdi.

CHempionatni tabrik so'zi bilan ochib bergan Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov, yurtimizda sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan xayrli ishlarning ahamiyati haqida to'xtalib, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.

 

O'z navbatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi Bekzod Xidirov ham so'zga chiqib, barchani o'ziga xos sport bayrami bilan qizg'in qutladi.

CHempionatning ochilish marosimi nihoyasiga etgach, Osiyo chempioni, “O'zbekiston iftixori” B.Xidirovning mazkur musobaqa haqidagi fikr-mulohazalari bilan qiziqdik.

– Tashkilotchilar chempionatga puxta hozirlik ko'rishibdi. Bu erda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga havas qilsa arziydi. Umuman olganda, mazkur chempionat yosh bokschilarimiz uchun mahorat va tajriba maktabi vazifasini o'tashi barobarida, terma jamoaga nomzodlarni saralab olish imkonini ham beradi. Ishonchim komilki, Xorazm vohasida yangi-yangi iqtidor sohiblari kashf qilinadi, - dedi B.Xidirov.

Takidlab o'tish joiz, O'zbekiston chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafarga yaqin yosh bokschi 15 ta vazn toifasida ringga ko'tariladi. Musobaqa 10 aprelgacha davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing