So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

20 fev 09:56
Yangiliklar

Dzyudo

Xorijdagi ilk g'alaba, 516 kun kutilgan chempionlik yoxud Boltaboevning g'alabasiga oid faktlar

Kecha dzyudochimiz SHarofiddin Boltaboev Isroilning Tel-Aviv shahrida o'tayotgan “Katta dubulg'a” musobaqasining g'olibiga aylangani haqida xabar bergan edik.

Fursatdan foydalanib, “issig'i”da hamyurtimizning ushbu muhim g'alabasi haqida bir qator qiziqarli malumotlarga nazar tashlaymiz.

Keling, dastlab dzyudochimizning o'zi bilan yaqindan tanishtirib olsak. SHarofiddin Boltaboev 1995 yil 19 noyabr kuni Qoraqalpog'istonda tug'ilgan. Katta musobaqalardagi faoliyatini -73 kg vazn toifasida boshlagan. U mazkur vaznda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan keyin terma jamoa tarkibiga jalb qilindi. O'sha kezlar ushbu vaznda Mirali SHaripov, G'iyosiddin Boboev kabi polvonlar bilan ichki raqobatda munosib kurashdi. 2015 yil Quvaytda o'tgan Osiyo chempionatining finaligacha etib bordi. 2016 yil Boltaboevning faoliyatida keskin burilish ro'y berdi. Bu vaqtda shaxsiy vaznning ortib borishi uning birinchi raqamli “raqibi”ga aylanib bo'lgan edi. Hatto kerakli vaznga tusha olmay, musobaqalardan qolib ketgan paytlari ham bo'lgan. Qolaversa, bu orada Rio Olimpiadasida -73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochi ham aniq bo'lib ulgurdi. SHundan so'ng Boltaboev eng to'g'ri yo'l – bir pog'ona yuqori vaznga o'tishga qaror qildi. -81 kg vazn toifasidagi debyut mamlakat chempionatiga to'g'ri keldi. Ilk musobaqaning finalida hozir -90 kg vaznda kurashayotgan Davlat Bobonov raqiblik qildi. SHarofiddin murosasiz kechgan ushbu finalda g'alaba qozondi va yangi vaznga tezda moslasha boshladi.

Xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyat uchun ko'proq vaqt talab qilindi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, 2019 yildan SHarofiddin yana yirik turnirlarda o'zini ko'rsata boshladi. Dastlab aprel oyida Osiyo chempionatining finaliga qadar etib bordi. Avgustdagi jahon chempionatida ettinchi natija va sentyabrda o'tgan Toshkent Gran-prisida chempionlik. Ushbu natijalar Boltaboevni jahon miqyosida -81 kg vaznning etakchilari qatoriga olib chiqdi. Ushbu fikrni polvonimiz 2020 yil boshida Parijda o'tgan “Katta dubulg'a” turnirining kumush medali bilan yana bir karra isbotladi.

Boltaboevning bugungi g'alabasi quyidagi jihatlari bilan ahamiyatli:
– Ilk bor “Katta dubulg'a” musobaqalarining oltin medali;
– Ilk bor xorijda o'tgan yirik turnirda g'alaba;
– Toshkentdagi Gran-pridan 516 kun o'tib ko'ksiga IJF musobaqalarining oltin medalini taqmoqda;
– U bugungi turnir davomida 3 ta jahon chempionlarini mag'lub etdi: Aleksandr Veycherzak (2017 yil), Frank de Vit (2015 yil yoshlar) va Said Mullai (2018 yil);
– SHarofiddin bungacha jahon va Tokio Olimpiadasi reytingida 15-o'rinda turgan edi. Bugun qo'lga kiritilgan 1000 ochko bilan yangilangan reytingda 9-o'ringa ko'tarilib oladi. Bu esa uning faoliyatidagi eng yuqori o'sish bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing