15 may 10:05
Yangiliklar
Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimizning Osiyo chempionatidagi kechagi medallar shodasidan keyin terma jamoamiz nechanchi o'ringa ko'tarildi?
Xitoyning Jiangshan shahrida davom etayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bugun o'z yakuniga etadi.
Kecha qita birinchiligining oltinchi kuni terma jamoamiz uchun omadli keldi. Erkaklar o'rtasida 109 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz - Akbar Jo'raev va SHarofiddin Amriddinov shohsupaga ko'tarilishdi. Jo'raev 3 ta oltin, Amriddinov esa 3 ta kumush medalini qo'lga kiritdi.
Erkaklar -109 kg
1. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) - 406 kg
2. SHarofiddin Amriddinov (O'zbekiston) - 395 kg
3. Jang Yon Hak (Koreya Respublikasi) - 390 kg
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin 3 ta kumush, 5 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab turibdi. Bugun Osiyo chempionatida eng og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.
Havola :
Fikrlar