So’nggi yangiliklar

12:54Альварес "Барселона"га ўтиш учун "Атлетико" билан шартномани узайтиришни рад этди — Marca 0 12:30Ҳаваскор бокс ҳакамлигида сунъий интеллект жорий қилиниши мумкин 0 12:07Осиё чемпионати: Курашчи қизларимиз умумжамоа ҳисобида учинчи бўлишди 0 11:45Шаҳрам Ғиёсов The Ring рейтингини тарк этди 0 11:20Мессининг жароҳат жиддийми? "Интер Майами" футболчининг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 10:58Амирхон Алихўжаев ҳам Mangu 3'да жанг қилади. Рақиб эълон қилинди 0 10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0

14 may 19:22
Yangiliklar

Og'ir atletika

Akbar Jo'raevda Osiyo chempionatining 3 ta oltin, SHarofiddin Amriddinovda esa 3 ta kumush medali + FOTO

Xitoyning Jiangshan shahrida davom etayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.

Bundan biroz avval erkaklar o'rtasida 109 kg vazn toifasida supachaga ko'tarilgan hamyurtlarimiz - Akbar Jo'raev hamda SHarofiddin Amriddinov qita birinchiligining oltin va kumush medallariga sazovor bo'lishdi.

Jumladan, Akbar Jo'raev dast ko'tarishda 183 kg, siltab ko'tarishda 223 kg va ikkikurashda 406 kg natija qayd etgan holda 3 ta oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, SHarofiddin Amriddinov dast ko'tarishda 181 kg, siltab ko'tarishda 214 kg va ikkikurashda 395 kg natija ko'rsatib 3 ta kumush medalni delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.

Takidlash kerakki, ushbu Osiyo chempionati Olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindori Akbar Jo'raev uchun Parij Olimpiadasidan keyingi dastlabki rasmiy musobaqa hisoblanadi. SHunga qaramasdan, istedodli sportchimiz mavsumning ilk musobaqasida yuqori natija ko'rsatib, delegaciyamiz hisobiga mazkur Osiyo chempionatidagi dastlabki oltin medallarni olib keldi.

Yana bir etiborli jihati, Xitoydagi qita birinchiligi terma jamoamizda faoliyat yuritayotgan misrlik mutaxassis Xalid Korani uchun ham birinchi rasmiy musobaqa bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing