28 jan 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorn: "Pakyaoni yana bir marotaba mag'lub etmoqchiman"
Avstraliyalik bokschi Jeff Xorn filippinlik Menni Pakyaoga qarshi yana bir marotaba jang qilish istagida.
Ularning dastlabki jangi 2017 yilda Brisbenda o'tkazilgan va Xirn ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Hakamlar tomonidan elon qilingan jang natijasi ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgandi.
"Men bu ishni yana bir marotaba qilmoqchiman. Menniga qarshi birinchi jang hakamlik bo'yicha ko'plab gap-so'zlarni keltirib chiqargandi. Men o'z nuqtai nazarimni isbotlash uchun uni yana bir marotaba mag'lub etmoqchiman. U boks afsonasi. Ammo, menda u bardosh bera olmaydigan noqulay uslub bor", - dedi Xorn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar