02 iyu 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15143_220.jpg)
Xorn: "Pakyaoni yutsam faqat nokaut evaziga g'alaba qozonishim mumkin deb o'ylagandim"
Menni Pakyaoni mag'lub etib, o'rtaengil vaznda WBO yo'nalishi chempioniga aylangan Jeff Xorn g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Barchasi ajoyiib. O'z muxlislarim qarshisida jang qilganimdan xursandman. Menniga qarshi bahsda ochkolar hisobiga g'alaba qozonish qiyin ish deb o'ylagandim. Umuman, agar g'alaba qozonsam faqatgina nokaut evaziga yutishim mumkin deb o'ylagandim. To'qqizinchi raund? O'zimni yaxshi his qildim. Jangni davom ettirishga tayyor edim. O'sha uch daqiqalikdan so'ng darrov o'zimga kela oldim", - deydi Xorn.
Menni Pakyao mag'lubiyatiga revansh olmoqchi
Pakyao - Xorn jangida nimalar bo'ldi? (VIDEO)
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar