25 sen 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Linares – 4 karra jahon chempioni!
Angliyaning Manchester shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida venesuelalik 31 yoshli Xorxe Linares britaniyalik 29 yoshli Entoni Krollga qarshi ringga ko'tarildi.
WBA yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Kroll ushbu jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jangda Linares chempionni 117-111, 115-113, 115-114 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar