28 dek 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Linares va Entoni Kroll o'rtasidagi ikkinchi jang sanasi malum
Professional boksning engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni venesuelalik 31 yoshli Xorxe Linares hamda ushbu kamarning sobiq sohibi britaniyalik 30 yoshli Entoni Kroll o'rtasidagi ikkinchi jang sanasi malum qilindi.
Bu ikki bokschi o'rtasidagi revansh jangi 25 mart kuni Angliyaning Manchester shahrida bo'lib o'tadi.
Bokschilarning ilk to'qnashuvi sentyabr oyida o'tkazilgan bo'lib, unda Linares hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra g'alaba qozongan hamda 4 karra jahon chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar