26 mar 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Linares WBA chempionlik kamarini himoya qildi
Angliyaning Manchester shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Xorxe Linares ushbu kamarning sobiq egasi britaniyalik 30 yoshli Entoni Krollga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangda 31 yoshli venesuelalik chempion raqibini ochkolar hisobga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Bu ikki bokschi o'tgan yilning sentyabr oyida ham o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda Linares Krolldan raqibining chempionlik kamarini tortib olgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar