08 iyu 15:56
Yangiliklar
Xorxe Masvidal: "Xolloueyning g'alabasiga uyimni tikaman"
"Men uyimni Maks Xolloueyning g'alabasiga tikaman. O'ylaymanki, Maks bu jangni raqobatsiz yutadi - bu futbol tilida aytganda bir darvozaga o'yin bo'ladi. Jang boshlanganidan taxminan bir-ikki daqiqa o'tgach, u tashabbusni to'liq o'z qo'liga oladi va oktagonda hukmronlik qiladi", - dedi sobiq ko'cha jangchisi UFC on Paramount telekanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempion Belal Muhammad ham xuddi shunday bashorat qilgandi. Og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall esa, aksincha, Makgregor birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozonadi deb aytgandi.
Eslatib o'tamiz, yarim o'rta vazn toifasida amerikalik va irlandiyalik o'rtasidagi jang 11 iyul kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 329 turnirining asosiy voqeasi maqomiga ega bo'ladi.

Fikrlar