10 avg 11:27
Yangiliklar
Futbol

Xosep Gvardiola: "Ko'plab futbolchilar jamoani tark etishi kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola tarkibda futbolchi ko'pligidan norozi.
"Biz futbolchilar sonini kamaytirishimiz lozim. Menga buncha ko'p futbolchi bilan mashg'ulot olib borish yoqmayapti. Ko'plab futbolchilar jamoani tark etishlari kerak. Transfer oynasi ochiq va biz bir nechta futbolchidan qutilishimiz mumkin. Ko'ramiz, kim qaerga ketar ekan", - deya fikr bildirgan Gvardiola.
Avvalroq, yozda jamoani SHtefan Ortega, Jeyms Makati, Ederson, Jek Grilish kabi futbolchilar tark etishi haqida xabarlar tarqalagandi.
Havola :
Fikrlar