So’nggi yangiliklar

19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0

27 fev 09:46
Yangiliklar

Futbol

Xosep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikr bildirdi

Kecha tunda "Manchester Siti" klubi Angliya Premer ligasi doirasidagi uchrashuvda "Tottenxem" maydonida muhim g'alabani qo'lga kiritgandi.

Ushbu uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardioladan Abduqodir Husanov haqida so'rashdi. Pep esa ushbu vaziyatda 20 yoshli himoyachi manziliga iliq so'zlarni bildirdi.

"Menga yong yoqqan narsa - Husanov allaqachon kiyinish xonasining yoqimtoyiga aylangan. U bugungi o'yinga tish cho'tkasi va boshqa narsalar turadigan maxsus sumkasiz, shunchaki futbol o'ynash uchun keldi. Siz unga gapirgan paytingiz, u faqat kulib turadi.

Ammo u juda ishonchli o'yinchi, juda tez, o'ta epchil, to'p bilan bergan paslarining sifati juda yuqori. U liniyalarni yorib o'ta olyapti, ushbu qobiliyat unda bor. Albatta, u yaxshilashi kerak bo'lgan jihatlar ham bor, ammo u endigina 20 yosh. Juda katta tezlikka ega o'yinchilarni ko'rganman, Abduqodir shundaylardan biri. 

Odamlar uni olqishlashmoqda. U kamgap, tinmay ishlaydi, nolimaydi, kamtar. "Siti" muxlislari uni juda yaxshi ko'rib qolishlariga shubham yo'q. "CHelsi"ga qarshi o'yindan keyin o'zini tiklab olishi oson emasdi, ammo u o'sha kundan boshlab o'ta bosiqlik ko'rsatdi. Oxirgi o'yinlarda Husanovning ko'rsatgan o'yini juda-juda ajoyib bo'ldi", - dedi Pep Gvardiola.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing