29 apr 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Xuan Manuel Markes boksga qaytyapti, uning raqibi Migel Kotto bo'ladimi?
Professional boksning 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, meksikalik 43 yoshli Xuan Manuel Markes yana katta boksga qaytyapti.
Bu malumotni uning murabbiyi, mashhur mutaxassis Ignasio “Nacho” Beristayn ham tasdiqladi. Meksikalik murabbiyning aytishicha, uning shogirdi 24 iyun kuni ringga ko'tariladi.
Jang Meksikada o'tkaziladi. Lekin hozircha raqib nomi malum emas. Taxmin qilinishicha, katta ehtimol bilan Markesning raqibi 4ta vaznda sobiq jahon chempioni puertorikalik 36 yoshli Migel Kotto bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar