23 iyu 14:22
Yangiliklar
Tennis
Xubert Gurkach Galle turnirining ikkinchi finalchisi
Germaniyaning Galle shahrida yakuniga etib borayotgan tennis turnirida finalchilar nomi malum bo'ldi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev biroz kutilmaganda yarim final bahsida ATP reytingida 9-o'rinni egallab turgan polshalik Xubert Gurkachga 6/7(2), 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Gurkach tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida ilk bor Zverevni taslim etdi - 1:3.
Bir yuz to'rt daqiqa davom etgan bahsda Zverev 5, Gurkach 17 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi polshalik tennischi Galle turniri bosh sovrini uchun dunyoning birinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar