30 mar 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xuk va Briedis o'zaro ko'z urishtirishdi, o'rtaga 2ta chempionlik kamari qo'yilgan
WBO yo'nalishida sobiq jahon chempioni germaniyalik Marko Xuk hamda latviyalik Mayris Briedis 1 aprel kuni Dortmund shahrida o'zaro to'qnash kelishadi.
Ushbu jangda bir yo'la 2ta chempionlik kamari o'rtaga qo'yilgan. Biri birinchi og'ir vazn (90,7 kg) toifasida WBC chempionlik kamari, ikkinchisi esa IBO tituli. Kecha bokschilar ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi.
32 yoshli Mayris Briedis professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. U 21ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Nokautlari soni 18tani tashkil qiladi.
Marko Xuk esa 44ta jangdan 40tasida zafar quchgan. Nokaut evaziga g'alabaga erishgan janglari soni 27ta. Uch bor mag'lub bo'lgan. Bitta jangda durang natija qayd etilgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar