02 apr 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xukni mag'lub etgan Briedis WBC kamarining yangi sohibi
Germaniyaning Dortmund shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazildi. Unda latviyalik 32 yoshli Mayris Briedis germaniyalik 32 yashar Marko Xukka qarshi ringga ko'tarildi.
WBC chempionlik kamari uchun kechgan jangda Briedis amaldagi chempionni o'z muxlislari ko'z o'ngida mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Hakamlar 118-109, 117-110, 116-111 hisobida latviyalik bokschining g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar