09 okt 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Xulio Sezar CHaves: “Golovkinni faqat men nokautga uchrata olaman”
Professional boksning o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Xulio Sezar CHaves o'rta vaznning tengsiz bokschisi bo'lib turgan qozog'istonlik Gennadiy “GGG” Golovkinni faqat u nokautga uchrata olishini aytmoqda.
Meksikalik 30 yoshli CHavesning fikricha, birinchi o'rta vazn toifasining WBO yo'nalishida jahon chempioni bo'lib turgan Saul “Kanelo” Alvares Golovkinga munosib raqib bo'la olmaydi.
“Golovkin-Kanelo jangi shiddatli kechishi aniq, - dedi CHaves. - Lekin ushbu jang tashkil etilsa, unda Golovkin raqibini nokautga uchratadi yoki katta farq bilan hakamlarning qaroriga ko'ra ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozonadi.
Faqat men Golovkinni mag'lub eta olaman. Aynan men uning zarbalarini ko'tara olishim mumkin. Yaxshi sport formasida bo'lsam, uni nokautga ham uchrata olaman”.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar