24 mar 07:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev prof boksda debyut qildi
Rio Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Xurshid Tojiboev professional boksda ilk jangini o'tkazdi.
Polshaning Lomja shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomida hamyurtimizga mezbon bokschi Kristzof Rogovski raqiblik qildi. Olti raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundda Xurshid raqibini texnik nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Xurshid Tojiboev Rio Olimpiadasida chorak finalgacha etib borgandi. Rogovski shu kungacha prof boksda 39 ta jang o'tkazib, 10 marotaba g'alaba qozongan (5 ta nokaut), 29 marotaba mag'lub bo'lgan (17 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
?