24 mar 11:44
Yangiliklar
![](/upload/storage/59101_220.jpg)
Xurshid Tojiboev prof ringdagi ilk jangidan so'ng qanday fikrda?
Polshaning Lomja shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomida hamyurtimizga mezbon bokschi Kristzof Rogovski raqiblik qildi. Olti raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundda Xurshid raqibini texnik nokautga uchratdi.
G'alabali jangidan so'ng Xurshid Tojiboev olamsport.com sayti uchun intervyu berdi.
"Ushbu jangga tayyorgarlikni Ispaniyada o'tkazdim. O'ylaymanki, tayyorgarlik yomon o'tmadi. Bugun g'alaba qozondim va bundan judayam xursandman.
Jangdan taassurotlarim juda yaxshi. Professional boksdagi ilk jangim. Undan oldin ham APB Pro Boxing da ham jang qilganman. Menimcha, katta farq qilmaydi.
Keyingi jangimdagi raqib hali malum emas. Hozircha O'zbekistonga - oilam oldiga borib kelmoqchiman. SHundan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytaman.
Meni qo'llab-quvvatlab turgan barcha vatandoshlarimga, muxlislarga katta rahmat. Duo qilib qo'llab turishgani uchun o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman", - dedi Xurshid Tojiboev.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi
Fikrlar