29 okt 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Xurshidbek Normatov AQSHda to'rtinchi g'alabasiga erishdi
Professional bokschimiz Xurshidbek Normatov bundan bir necha daqiqa avval faoliyatidagi to'rtinchi jangini o'tkazdi.
AQSHning Mashantuket shahridagi Foxwoods Resort kazinosida o'tkazilgan boks kechasida hamyurtimiz Bryus Lachmedialga qarshi 6 raundlik jangda ringga ko'tarildi va raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Bu Normatovning professional ringda qo'lga kiritgan to'rtinchi g'alabasi bo'ldi. Kanadalik 26 yoshli Bryus esa bugun oltinchi jangini o'tkazdi. Uning hisobida 2 ta g'alaba va bugungisi bilan hisoblaganda 4 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar