22 apr 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Yagona Olimpiada ishtirokchi qizimiz ikkinchi jangini o'tkazdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Hozirgina -57 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz Yodgoroy Mirzaeva Osiyo chempionatidagi ikkinchi jangini o'tkazdi. Rio Olimpiadasida ishtirok etgan yagona ayol bokschimiz tojikistonlik Mijgona Samadovaga qarshi ringga chiqdi.
O'ziga xos Markaziy Osiyo derbisida Yodgoroy raqibasini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu kamida bronza medali demakdir! Samarqandlik bokschimiz ilk davrada shri-lankalik dugonasidan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar