So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

25 noy 10:36
Yangiliklar

Kurash

Yakkasaroy tuman prokurori kubogi uchun kurash musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  KurashO'zbekiston
Kurash – xalqimizning go'zal qadriyatlaridan biridir.

Uning go'zalligi shundaki, u necha asrlar davomida shakllandi, takomillashdi, aqidalari umumbashariy falsafa bilan uyg'unlashib ketdi. Pirovardida, xalqimiz manaviyati va ruhiyatining tayanch nuqtalaridan biriga aylandi.

Kurash – shunchaki sport turi emas, asl mohiyatini anglaydigan kishilar uni tarbiya maktabi deb atashadi. Ayni maktab tarbiyalanuvchilari, kurash  maydonida halol bellashgan polvonzodalar hech qachon yurtga xiyonat qilmaydilar, yomon-salbiy illatlarga qarshi kurashadilar. Hozirda milliy sportimiz bo'lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish, uni umummilliy sport turiga aylantirish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda kurash targ'ibotiga qaratilgan uchrashuvlar, turli musobaqalar o'tkazish muhim ahamiyatga ega. 

O'zbekiston Kurash Federaciyasi hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman prokuraturasi hamkorligida Kurash bo'yicha o'smirlar va o'smir qizlar o'rtasida Yakkasaroy tuman Prokurori sovrini uchun musobaqa tashkil etildi. Unda o'smir qizlar 44, 57, 63 kg vazn toifalarida va o'smirlar 60, 65, 71, 77, 83 kg vazn toifalarida bahs olib bordilar. 

Kurash sport turiga yoshlarni, xususan qizlarimizni keng jalb etish, ulg'ayib kelayotgan kelajak avlod o'rtasida milliy sportimizni yanada ommalashtirish maqsadida eng engil vazn toifasida ham bellashuvlar tashkillashtirildi. Unda 44 kg vaznda Bektemir tumanidan Abdumannonova Zarina 1-o'ringa, Mirobod tumani vakili Bahromova Samira 2-o'ringa sazovor bo'ldilar.   

Qolgan natijalar quyidagicha  belgilandi:

Qizlar o'rtasida 

57 kg.vazn toifasi

1-o'rin Temirova Ozoda - Yakkasaroy tumani

2-o'rin Tangrieva Madina - Yakkasaroy tumani

3-o'rin Xurramova Sevinch - Mirzo-Ulug'bek tumani

3-o'rin Alixodjaeva Munisa - CHilonzor tumani.


+63 kg vazn toifasida

1-o'rin To'xtamishova Moxlaroyim – Yakkasaroy tumani

2-o'rin Toshpo'latova Parvona - Sirg'ali tumani 

3-o'rin Simkova Kristina – Mirzo-Ulug'bek tumani

3-o'rin Nodirova Indira – CHilonzor tumani.

O'smirlar o'rtasidagi bellashuvlar juda qiziqarli va taassurotlarga boy bo'ldi. SHuni mamnuniyat bilan etirof etish joizki, poytaxtimizning barcha tumanlaridan bosh sovrin uchun kurash olib borgan yosh iqtidor  egalari  kurash usullarini mahorat va epchillik bilan amalga oshirib, nafaqat musobaqa hakamlarining, balki turnirni katta qiziqish bilan kuzatib borgan kurash ixlosmandlarining olqishlariga sazovor bo'ldilar. Jumladan, musobaqada CHilonzor tumani sharafini himoya qilgan Dilshod Boboxonov hamda Yakkasaroy tumanidan Samandar G'ayratov va Dilshod SHukrullaevlar yosh umidli sportchilar qatorida mutaxassislar etirofiga  erishdilar.  O'smirlar o'rtasidagi natijalar quyidagicha belgilandi:

60 kg vazn toifasi

1-o'rin Boboxonov Dilshod - CHilonzor tumani

2-o'rin Nurxonov Ozod – Yakkasaroy tumani

3-o'rin Toshmanov Nodir – SHayxontohur tumani

3-o'rin Sodiqov Akobir – Mirzo-Ulug'bek tumani


65 kg vazn toifasi

1-o'rin G'ayratov Samandar – Yakkasaroy tumani

2-o'rin G'aybullaev Mashrab – Yakkasaroy tumani

3-o'rin Aloviddinov Bobur – Yunusobod tumani

3-o'rin Qurbonov Baurjan – SHayxontohur tumani


71 kg vazn toifasi

1-o'rin SHukrullaev Dilshod – Yakkasaroy tumani

2-o'rin Xerxemadze Ismoil – Olmazor tumani

3-o'rin Turdiev Mehroj – CHilonzor tumani

3-o'rin Hasanov Timur Yakkasaroy tumani


77 kg vazn toifasi

1-o'rin Jo'raev Temurbek – Yakkasaroy tumani

2-o'rin Abdurazzoqov Behruz – Olmazor tumani

3-o'rin Yusupov Rustam – Yunusobod tumani

3-o'rin Amirbekov SHoxjahon – Olmazor tumani


+83 kg vazn toifasi

1-o'rin Maqsudov Mahmud – Yakkasaroy tumani

2-o'rin Tangriev Muhammadali – Yakkasaroy tumani

3-o'rin Ergashev Boymurod – CHilonzor tumani

3-o'rin Madartov Farrux – CHilonzor tumani.

Musobaqa yakunida barcha g'olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan medal va  diplomlar bilan taqdirlandilar. Umid qilamizki,  yosh kurashchilarimiz kelajakda xalqaro arenalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, kurashimiz dovrug'ini olamga yoyadilar. 

O'zbekiston Kurash Federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing