So’nggi yangiliklar

10:01Бивол Россияда жанг қилади, рақиб ўша-ўша! (ПОСТЕР) 0 09:40"Номзодлар турнири": Жавоҳир Синдаров 2-турда муроса кўчасини танлади 0 09:18Фабио Каннаваро: "Мундиалда барчаси бошқача бўлади" 0 08:53Эксперт Махачев билан жанг учун икки асосий даъвогарни айтди 0 08:30Осиё чемпионати: Бугун фақат бир боксчимиз жанг қилади 0 21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0

30 sen 18:02
Yangiliklar

Bolalar sporti

Yakshanba – ommaviy sport kuni

“Yoshlik” talabalar shaharchasida talaba-yoshlar uchun “Yakshanba – ommaviy sport kuni” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan Prezidentimizning joriy yil 20 sentyabrdagi jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida o'tkazildi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti talabalari uchun tonggi badantarbiya hamda futbol, voleybol, suzish, stol tennisi, armrestling musobaqalari o'tkazildi.
Sport tadbirlari Rishod Sobirov hamda Jakartada o'tkazilgan 18-Osiyo o'yinlari sovrindori Darya Latysheva tomonidan olib borildi.
Uch ming nafarga yaqin yoshlarni qamrab olgan “Yakshanba – ommaviy sport kuni” loyihasi endilikda muntazam o'tkazib boriladi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1-6 oktyabr kunlari poytaxtimizning 86 ta obektida 400 ga yaqin ommaviy sport tadbirlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing