19 may 16:04
Yangiliklar
Futbol
Yamalning holati haqida malumot berildi
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining JCH-2026dagi dastlabki o'yinlarini o'tkazib yuboradi, chunki u son payining jarohatidan keyin hali ham tiklanish davrini o'tkazmoqda.
The Atletic malumotlariga ko'ra, futbolchi guruh bosqichida Kabo-Verdega qarshi o'yinni (15 iyun) o'tkazib yuboradi. 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinga chiqishi ham savol ostida qolmoqda. 26 iyun kuni ispaniyaliklar Urugvay bilan uchrashadi.
Ispaniya futbol federaciyasi (RFEF) "Barselona" va Yamal bilan doimiy aloqada. RFEF tibbiy shtabi xodimlari o'yinchining tiklanish jarayonini kuzatish uchun "Barselona"ga muntazam kelib turishmoqda.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada o'tkaziladi.

Havola :
Fikrlar