01 okt 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir bokschi jiddiy jarohatdan so'ng vafot etdi
SHotlandiyalik bokschi Mayk Tauell (11-1-1, 8 KO) jang chog'ida olgan jarohatidan so'ng vafot etdi.
Ushbu jang 29 sentyabr kuni SHotlandiyaning Glazgo shahrida o'tkazilgan boks kechasi doirasida bo'lib o'tgan edi. 25 yoshli Buyuk Britaniya chempionlik kamari uchun o'tkazilgan saralash jangida ringga ko'tarilgandi.
Uning raqibi Deyli Evans (12-3-2, 4 KO) bo'lgandi. Birinchi va beshinchi raundlarda o'tkazib yuborilgan kuchli zarbalardan so'ng bokschini ringdan zambilda olib chiqib ketishdi.
U zudlik bilan shifoxonaga etkazilgan edi. Lekin shifokorlarga bokschining hayotini saqlab qolish nasib qilmadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar