13 iyu 22:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir bokschimiz prof faoliyatini boshlaydi, unga SHohjahon Ergashev yordam beradi + FOTO
Faoliyatini professional boksda davom ettirish istagini bildirayotgan charm qo'lqop ustalarimiz soni ortib bormoqda.
Havaskor boksda toblangan Mirzakamol Mirzanematov professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi. Farg'ona viloyati Beshariq tumanilik Mirzakamol 5 sentyabr kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga ko'tariladi. Uning raqibi mezbon bokschi bo'ladi va tez orada uning ism-sharifi oshkor qilinadi.
Malumot uchun, Mirzakamol Mirzanematov aynan Moskva shahrida SHohjahon Ergashev tomonidan ochilgan Shohjahon Gym zalida o'z mashg'ulotlarini olib boradi. Ertaga Moskvaga jo'nab ketishi kutilayotgan SHohjahon bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'rishida Mirzakamolga yordam beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar