16 iyu 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15924_220.jpg)
Yana bir bokschimiz "TOP RANK" bilan shartnoma imzoladi
Rio Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan Rustam To'laganov ham endi professional bokschiga aylandi.
Poytaxtlik bokschi ham Fazliddin G'oibnazarov singari Bob Arumga tegishli "TOP RANK" promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.
Yaqin kunlarda u professional faoliyatini boshlash uchun AQSHga jo'nab ketadi.
Malumot uchun, Bob Arumga tegishli promouterlik kompaniyasi azolari bo'lgan o'zbek bokschilari soni ikki nafarga etdi.
Rustamgacha Fazliddin G'oibnazarov ham ushbu kompaniya bilan shartnoma imzolagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar