26 dek 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir internet nashr Usikni "Yil sportchisi" deb topdi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik sovrinning ketidan sovrin olishda davom etmoqda.
Bu safar u Ukrainaning sportga ixtisoslashtirilgan mashhur iSport.ua sayti tomonidan mamlakatning “Eng yaxshi sportchisi” deb topildi. Usik sayt o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada eng ko'p ovoz to'plashga muvaffaq bo'lgan.
WBO, WBC, IBF, WBA yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Usikka 15 000dan ziyod o'quvchi o'z ovozini bergan. Bokschi umumiy hisobda 16 foiz ovoz oldi. MMA jangchisi Sergey Guzev 12 foiz ovoz bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar