27 sen 17:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir sobiq UFC chempioni tashkilotdan haydaldi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Bi Jey Penn tashkilotdan haydaldi, deb xabar bermoqda Yahoo! Sports.
Manba bergan xabarga ko'ra, tashkilot prezidenti Dana Uayt Penn va UFC o'rtasida imzolangan shartnomani bekor qilgan. Bunga Bi Jeyning so'nggi paytlarda qovoqxonalar oldida janjal va mushtlashuvlarni yuzaga keltirayotgani sabab bo'lgan.
SHuningdek, Penning bundan tushkun holatga tushib qolishiga oxirgi 7 ta jangida ketma-ket mag'lubiyat alamini totib ko'rgani ham zamin yaratgan. U so'nggi bor 2010 yilda g'alaba qozongan edi.
SHunday bo'lsa-da, Bi Jey UFC tarixidagi eng omadli engil vazn toifasi jangchisi sifatida etirof etiladi. U engil va yarim engil vaznlarda UFC chempion bo'la olgan.
Havola :
Fikrlar