04 avg 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/79236_220.jpg)
Yana bir UFC chempioni Xabibni oson mag'lub etmoqchi
Sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Kolbi Kovington engil vazn “qiroli” Xabib Nurmagomedovni osonlik bilan mag'lub etishini malum qildi.
“Rossiyada doim kuchli kurashchilar bo'lgan. Ularning sport maktabi kuchli. Olimpiya o'yinlarida ruslar hamisha amerikaliklar bilan oltin medal uchun kurash olib borishgan.
Rossiya hududida jang qilishning imkoni bo'lsa, bunga bajonidil rozi bo'laman. UFC qachonlardir menga bu imkonni beradi, degan umiddaman. Xabib bilan jang? Bu jang menga oddiylik qiladi. Eng qizig'i, u engil vaznda, men esa yarim o'rta vaznda jang qilaman. Men uni osongina mag'lub etaman”, - dedi Kolbi.
Havola :
Fikrlar