19 okt 18:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana ikki bokschimiz Butunjahon armiya o'yinlarida g'alaba qozondi
Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o'yinlari davom etmoqda.
Avvalroq, musobaqada bokschilarimiz bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etganliklari haqida xabar qilgandik.
SHundan so'ng yana uch nafar charm qo'lqop ustamiz musobaqadagi ilk jangida g'alaba qozondi.
-52 kg vaznli Abrorjon Qodirov tanzaniyalik Jorj Mbonabuchani 5:0 hisobida mag'lub etdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi
-60 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan SHunqor Abdurasulov hindistonlik Aman Indorani 4:1 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
-81 kg vaznli Kozimbek Mardonov esa italiyalik Lizzi Vinchenzodan 3:2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar