10 avg 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana Kunickaya Penningtonga qarshi oktagonga chiqmoqchi
Rossiyalik UFC jangchisi Yana Kunickaya yaqin rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Kunickaya chempionlik uchun sobiq davogar Rakel Penningtonga qarshi oktagonga chiqish istagida ekanligini malum qildi.
"Reytingda o'zimdan yuqorida turgan istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Rakel Pennington men kabi so'nggi jangida g'alaba qozondi. Aynan u bilan jang o'tkazish men uchun qiziqarli bo'lardi. Qachon va qaerda? Koronavirus pandemiyasi sabab ko'p narsalar o'zgarib ketdi. Hozir birinchi galda shaxsiy muammolarimni hal qilib olishim kerak. Keyin jang haqida o'ylasam bo'ladi", — dedi Kunickaya .
Eslatib o'tamiz, kecha Yana Kunickaya Las-Vegasda o'tkazilgan UFC oqshomida Yuliya Stolyarenkoni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar