So’nggi yangiliklar

08:06"Ўзбекистон ва бошқалар". Қозоғистонлик боксчи Осиё ўйинларидаги асосий рақибларни санади 0 07:34Яна Синдаров - Магнус учрашуви бўлиб ўтди. Бибисарада иккинчи ғалаба! 0 07:03Ла Лиганинг август ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди 0 19:38Оғир атлетика. Қарши ОПСТТМ тарбияланувчиси Муниса Одилова Ўзбекистон рекордини янгилади 0 19:07WBA рейтинги янгиланди: боксчиларимизнинг рейтингида ўзгариш борми? 0 18:36IBF: Яна бир ўзбек боксчиси илк бор ТОП-15'га кирди, Ҳасанбой эса... 0 18:05Марокаш ЖЧ-2030 финалини қабул қилишини маълум қилди 0 17:34Топурия ва Пимблетт UFC рақамли турнирининг марказий жангини ўтказиши мумкин 0 17:13WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 16:42Ковингтон, Чимаев ва бошқа юлдузлар иштирокидаги RAF 13 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:11Суперлига. Бугун 21-тур якунланади 0 15:40Нодирбек Абдусатторов блиц рейтингида 2-ўринга кўтарилди. Синдаров-чи? 0 15:09Жастин Гэтжи: "Қайтаманми ёки йўқ, билмайман" 0 14:38Ражабали Шайдуллаев MVP лигаси билан шартнома имзолади 0 14:17Умарали Раҳмоналиев "Манчестер Юнайтед" билан ўйиндан сўнг нималар деди? 0

12 sen 07:34
Yangiliklar

SHaxmat

Yana Sindarov - Magnus uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bibisarada ikkinchi g'alaba!

Hindistonning Bangalor shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Unda o'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa g'oliblik yo'lida bahs olib bormoqda. Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Javohirning jamoasida qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham bor. Sindarov jamoasining birinchi —  Icon taxtasida dona surmoqda.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining navbatdagi kuni Javohir Sindarov sardorligidagi Fyers American Gambits jamoasi asosiy raqib - Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine Apl Pipers jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Birinchi doskada aynan Sindarov - Karlsen qarama-qarshiligiga guvoh bo'ldik va afsuski bu safar Javohir qora donalarda o'ynab, nomdor raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Kamiga rossiyalik Daniil Dubov ham o'z partiyasida hindistonlik Vidit Gujrathiga yutqazdi. Qolgan uchta partiyada durang natija qayd etildi. 

Qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva raqibasini mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa-da, lekin umumiy hisobda bu o'yinda Magnus Karlsenning Alpine Apl Pipers jamoasi 9:7 hisobida zafar quchdi. Har ikki jamoa kechagi tur oldidan 15 ochkodan jamg'argan va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Sindarov jamoasi peshqadamligini saqlab turgandi. Kechagi g'alaba evaziga Alpine Apl Pipers 18 ochko bilan Fyers American Gambits jamoasidan o'tib ketdi. 

Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra qo'lga kiritdi. Ganges Grandmasters jamoasi 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Bir kun avval Sindarov jamoasi bilan birga rossiyalik taniqli grossmeyster Yan Nepomnyashiy boshchiligidagi Ganges Grandmasters jamoasini yirik 13:5 hisobida taslim etgandi. Fyers American Gambits jamoasi kechagi mag'lubiyatdan keyin 15 ochko bilan uchinchi pog'onaga tushdi. 

Bugun 10-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Unda Javohir Sindarov sardorligidagi Fyers American Gambits jamoasi Cheq Mumba Masters jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Birinchi doskada Javohir Sindarov franciyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona suradi. Raqib jamoa tarkibida SHaxriyar Mamedyarov, Vladimir Fedoseev, Klarissa Yip, Harika Dronovalli va Bardiya Daneshvar bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing