19 avg 14:23
Yangiliklar
Boshqalar

“Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari”: Besh hududda bahslar tashkil etildi
Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari” musobaqasining 2-bosqich bellashuvlari katta qiziqishga sabab bo'lmoqda.
Kecha yurtimizning besh hududida uch sport turida musobaqalar bo'lib o'tdi. Toshkent shahri va Farg'ona viloyatlarida sport kurashlari bo'yicha kuchlilar aniqlandi. Xorazm va Namangan viloyatlarida esa yosh badiiy gimnastika ustalari o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
SHuningdek, Toshkent viloyatida boks bo'yicha yarim final janglari o'tkazilib, Prezident Olimpiadasi yo'llanmasi uchun ringga ko'tariladigan sportchilar malum bo'ldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar