19 sen 11:52
Yangiliklar
Boshqalar

"Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari"ning Toshkent shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi
Bu haqda O'zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
"Avgust oyida mamlakatimiz bo'ylab "Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" musobaqalarining ikkinchi bosqich bellashuvlari tashkil etilgan edi. Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida Toshkent shahrida o'tkazilgan bahslarning g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati va yosh sportchilar ishtirok etishdi.
Rasmiylar barcha g'oliblarni erishgan natijalari bilan qutlab, ularga musobaqaning keyingi bosqichi – Prezident Olimpiadasida ham yuqori natijalar ko'rsatishlarini tiladilar", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar