So’nggi yangiliklar

23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0

23 jan 19:50
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

"Yangi SHarapova" deyilgan, sobiq model, Australian Open'da shov-shuv ko'tarib, yarim finaliga etib kelgan Paula Badosa

Australian Open turnirida shov-shuv ko'tarib, yarim finalgacha etib kelgan Paula Badosa haqida siz bilgan va bilmagan qiziq faktlar.

Paula Badosa Avstraliyada hayotidagi eng yaxshi "Katta dubulg'a" turnirini o'tkazdi. U Australian Open musobaqasining yarim finaligacha etib keldi va amaldagi g'olib, dunyoning birinchi raketkasi, dugonasi Arina Sobolenkoga imkoniyatni boy berdi.  U faoliyatida ilk bor bunday musobaqa yarim finalga yo'l oldi va shu orqali yana reytingda top-10ga qaytishni kafolatladi.


27 yoshli ispaniyalik tennischi haqida nimalarni bilamiz? 

"Rolan Garros" turnirining o'smirlar o'rtasidagi bahslarda g'olib chiqqan

2015 yili Badosa "Rolan Garros"ning o'smirlar turnirida g'olib bo'lgan. Orada u "Uimbldon" turnirining bo'lajak chempioni bo'lgan Marketa Vondroushovani ham mag'lub etgan.

Hatto o'sha vaqtda ham u kattalar o'rtasidagi musobaqalarda o'zini ko'rsata boshlagan edi. 2015 yil mart oyida Mayami turnirida wild card (maxsus taklifnoma) olgan va ikki davrani bosib o'tgan, Karolina Plishkovaga yutqazgandi.

Kattalar o'rtasidagi bahslarga u ilk bor 2019 yili to'laqonli tarzda qo'shilgan. 2021 yilda ilk bor "Katta dubulg'a"ning ikkinchi haftasiga o'tgan, 2021 yili esa ilk bor WTA turnirida sovrin yutgan. 



"Yangi SHarapova" deb atalgan

O'smirlar musobaqalaridagi muvaffaqiyatlaridan so'ng Ispaniyada uni yangi Mariya SHarapova deb atashgan. CHunki tashqi ko'rinishi va o'yin uslubi unga o'xshar edi. 

Lekin Badosaga bu faqat kuchli bosim ostida qolishga sabab bo'lgan:

"Meni juda yaxshi tennischi hisoblangan afsona bilan tenglashtirishgani tashvishlantirmagan, menga bo'lgan bosim qiyin bo'lgan. Men bunga tayyor bo'lmaganman va bundan qanday chiqib ketishni bilmasdim". 

Hatto bazi mutaxassislar uni 18 yoshida top-10ga kiradi, deb o'ylashgan. Lekin u bu darajaga faqat hozirga kelibgina etib keldi.


Diqqat markazida bo'lishni yoqtirmaydi, lekin fotosessiyalarni sevadi


2021 yilda top-tennischiga aylanganidan so'ng, uning hayotida majburiyatlar paydo bo'ldi. Bu haqida u shunday deydi: 

"Eng yoqtiradigan narsam – fotosessiyalar. Ota-onam moda industriyasida ishlagan, shuning uchun bu muhitga ko'nikkanman. Mashg'ulotlardan keyin kuch qolsa, fotosessiyalardan zavq olaman. 

Bazida charchayman, chunki bunga o'rganmaganman. SHunchaki tennis o'ynashni istayman. Boshqa xech narsani xohlamayman. Ammo, albatta bu ishimning bir qismi. O'z ishimni yaxshi bajara olayotganimdan xursandman".



Ota-onasi model bo'lgan, lekin u tennisni tanladi

Badosaning ota-onasi professional modellar bo'lgan. SHu bois u AQSHda, Nyu-York shahrida tug'ilgan va kichikligidan mashhur insonlar bilan tanish bo'lgan. Masalan, u italiyalik dizayner Jordjo Armani bilan. U keyinchalik Armanini sevimli dizayneri deb atagan. 

Badosani birinchi marta tennis kortlariga olib kelgan ham uning onasi bo'lgan. Unga o'sha vaqtda 7 yosh edi.


Hozir tennischi Stefanos Cicipas bilan uchrashadi, bungacha esa boshqa bir model bilan 

Badosa uzoq vaqt davomida model Xuan Betankur bilan munosabatda bo'lgan. 2023 yilda ular ajrashgan va shundan so'ng u tennischi Stefanos Cicipas bilan uchrasha boshladi.

Barchasi Rimdagi turnirda boshlangandi. Cicipas uning oldiga kelgan va o'pgan holda, "Seni sevaman" degan. Bu munosabat mediada juda mashhur bo'lib ketdi, ular haqida haddan tashqari ko'p gapirishgan. Bir marta ular ajrashgani haqida xabarlar chiqqan, lekin bir necha hafta o'tib, ular yana birga ekani malum bo'ldi.

"Bu menga Mariya SHarapova va Grigor Dimitrovni eslatadi. Sen o'zingga mos inson bilan uchrashasan, ammo uchrashuv mos bo'lmagan paytda edi. Biroz o'xshashlik.

Bizning munosabatlarimiz yaxshi. U ajoyib yigit", - deydi Badosa. 

"Australian Open" musobaqasida Cicipas (birinchi davrada mag'lub bo'lsa ham) Badosaning barcha uchrashuvlarini ko'rib, uni qo'llab-quvvatlab keldi.


Bir yil oldin faoliyatini tugatish haqida o'ylab ko'rgandi

2023 yili Badosa "Uimbldon"dan so'ng mavsumni yakunlashga majbur bo'ldi. Sababi – umurtqasidagi stress jarohati. U 2024 yil boshida kortga qaytdi, lekin og'riq yo'qolmagan edi va u barqaror natijalarga erisha olmadi. Natijada u top-100dan chiqib ketdi.

Avstraliya Ochiq chempionati oldidan esa u shunday degandi: 

"Reytingim pasayib ketganini qabul qilishim juda qiyin bo'ldi. Men juda g'ururli odamman. Tezroq yuqoriga qaytmoqchiman va shuning uchun ham qattiq mehnat qilyapman."

U hatto tennisni tashlashni ham o'ylab ko'rgan. Aprel oyida u doimiy ravishda kortizon ukollarini qabul qilishga majbur bo'lganini aytgan:

"SHifokorlar menga: "Agar yana bir necha yil tennis o'ynamoqchi bo'lsang, bu ukollar yagona yo'li", – deyishdi. Men esa: "Nega bir necha yil? Men hali 26 yoshdaman!', – deb javob qaytardim. Buni qabul qilish juda qiyin bo'ldi. Lekin hozircha ukollar yordam berayapti. Og'riq doim bor, lekin u endi meni to'liq harakatsiz qoldirmaydi."

2024 yil bahoriga kelib u ukollardan to'liq voz kechgan.


Bir paytlar dunyodagi ikkinchi raqamli tennischi bo'lgan, endi esa top-10ga qaytmoqda

2022 yil bahorida Badosa dunyo reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarilgan. O'sha vaqtda hatto Iga SHvyontekni birinchi o'rindan tushirib yuborish imkoniyati ham bor edi.

2024 yil bahorida esa u 140-o'ringa tushib ketgan.

Biroq oradan sakkiz oy o'tib, u yana kuchli o'nlikka qaytishga muvaffaq bo'ldi. Vashingtondagi g'alaba, US Open'dagi chorak final va "Australian Open" yarim finali tufayli u kamida to'qqizinchi o'ringa ko'tariladi.


Depressiya bilan kurashgan

Badosa uchun eng katta muammo – jarohat emas, balki ruhiy bosim bo'lgan. U SHarapova bilan solishtirishlari va o'zidan juda ko'p narsa kutishlari uni qattiq ruhiy tushkunlikka solib qo'yganini tan oladi.

"Men juda qiynaldim, chunki nima qilishimni bilmasdim. Hayotimdagi eng katta maqsad – professional tennischi bo'lish edi. Lekin ruhiy holatim shu darajaga kelib qoldiki, men endi kortga chiqishni ham xohlamasdim. SHuning uchun men professional mutaxassislar bilan ishlashni boshladim."



CHapaqay, lekin o'ng qo'lda o'ynaydi

Badosa ambidekstr (ikki qo'li bilan ham birday harakat qila oladi), lekin tennisni o'ng qo'lida o'ynaydi. SHunga qaramay, uning eng kuchli zarbasi – chap qo'li faol ishtirok etadigan chiziq bo'ylab bekxend zarbasi.


Xitoyda mojaroga duch kelgan


2023 yilda u Pekindagi restoranda tushgan suratidan so'ng tanqidlar ostida qolib ketgan. Uning harakatlarini bazilar irqchilik deb baholagan, lekin Badosa buni shunchaki hazil deb tushuntirgan. SHu bilan birga, bu vaziyatda u o'zini qurbon sifatida ko'rsatgan.


Eng yaqin dugonasi – Arina Sobolenko

"Australian Open" yarim finalida Badosa o'zining eng yaxshi dugonasi, dunyo birinchi raqamli tennischisi Arina Sobolenko bilan to'qnashdi. Lekin imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Ularning do'stligi tufayli Badosa boshqa bir dugonasi, ukrainalik tennischi Marta Kostyuk bilan janjallashgan. Sababi – 2022 yilda u "sport va siyosatni aralashtirmaslik kerak" degan mazmunda fikr bildirgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing