16 fev 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Yangi vaznga ko'tarilgan Garsiya WBC kamarini o'zida saqlab qoldi
Butunjahon boks uyushmasi Mayki Garsiyaning yarim o'rta vaznga ko'tarilib, Errol Spensga qarshi jang o'tkazishiga to'sqinlik qilmaydi.
Mayki Garsiya hozirda engil vaznda WBC chempioni bo'lib turibdi 16 mart kuni yarim o'rta vaznda ushbu yo'nalish chempioni Errol Spensga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
“Biz Garsiya oldiga chempionlik kamarini himoya qilish majburiyati sifatida aniq bir muddatni qo'ymaymiz. 16 mart kuni Spensga qarshi jang o'tkazib olganidan so'ng u engil vazndagi kamarini himoya qiladi. U bu chempionlik kamarini haqli ravishda mehnat evaziga qo'lga kiritdi. SHu sababli ham u hurmatga loyiq. Erolga qarshi jangdan keyin biz Mayki bilan uchrashamiz va keyingi rejalarni muhokama qilamiz”, - dedi WBC prezidenti Maurisio Suleyman.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar