31 dek 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25838_220.jpg)
Yangi yil tuhfasi. Professional bokschimiz jahon chempioniga aylandi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov jahon chempioniga aylandi.
Najmiddinov Qozog'istonning Almati shahridagi “Almati Arena”da WFA (World Fighting Assotiation) jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqdi. Uning raqibi indoneziyalik Xero Tito bo'ldi. Jangda hamyurtimiz raqibini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Najmiddinov bugungacha 17ta jang
o'tkazgan va ularning 16tasida g'alaba qozongan. Faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini
shu yilning 16 sentyabr kuni Kiev shahrida hakamlarning xatosi tufayli ukrainalik
sobiq WBC chempioni Viktor Postoldan qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar